• А
  • Б
  • В
  • Г
  • Д
  • Е
  • Ж
  • З
  • И
  • К
  • Л
  • М
  • Н
  • О
  • П
  • Р
  • С
  • Т
  • У
  • Ф
  • Х
  • Ц
  • Ч
  • Ш
  • Э
  • Ю
  • Я
  • A
  • B
  • C
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • W
  • X
  • Y
  • Z
  • #
  • Текст песни Sarvar va Komil - Sensiz

    Просмотров: 13
    0 чел. считают текст песни верным
    0 чел. считают текст песни неверным
    Тут находится текст песни Sarvar va Komil - Sensiz, а также перевод, видео и клип.

    Bugun men yana keldim.
    Senga uzoqdan termulib turibman.
    Yoningga borgim kelyapti.
    Yana o‘sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti.
    Afsus... Bunga endi men haqsizman,
    Chunki endi biz – begonamiz.

    Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon
    G‘ururimni sindirdi butkul.
    Sog‘inib-sog‘inib sen ham meni bir bor
    Yana yonimga qaytsang bir kun.
    Qaniydi qora ko‘zlaringga yana takror
    To‘yib-to‘yib qarolsam tinmay.
    Qaniydi unutib mendan kechgan kuning,
    Yana yoningga qaytsam bir kun.

    Qorong‘u yolg'iz,
    Dunyo tor sensiz,
    Yashash osonmas,
    Ishon, osonmas.
    Qanday, ayt, endi
    Yasharman yolg‘iz?
    Yuragim ko‘nmas,
    Yurak ishonmas.

    Ojizman,
    Seni unutish qo‘limdan kelmadi.
    Ko‘p urindim, negadir hamma urinishlarim
    Seni sog‘inaverish bilan yakunlanaverardi.
    Bilasanmi, hozir qanchalar xohlayapman
    Seni qaytarishni?
    Sen esa, balki, meni unutib bo‘lgandursan,
    Axir ayrilganimizga yillar bo‘ldi.
    Shu onda senga bir gapni aytgim keladi –
    Sensizlik osonmas ekan.

    Ko'milib ko‘milib yurak dardga yana,
    Qayg‘ulardan ovunar tinmay.
    Umidlarim so‘ngan, sevgidan afsun bo‘lib,
    Yashayapman armonga ko‘nmay.

    Bilmadim, bu yuraksiz taqdir
    Seni mendan nega uzoqlarga olib ketar?
    Yaqinda his etgan baxtli kunlar o‘rniga
    Xotiralarni solib ketar?

    Опрос: Верный ли текст песни?
    ДаНет